Madridning «Real» klubi La Liganing «Vilyarreal»ga qarshi yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Vinisius Juniorga ko‘rsatilgan qizil kartochka ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.
Braziliyalik futbolchi gol urganidan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Hujum vaqtida u raqib futbolchisining sochidan tortgan. Hakam videotakrorni ko‘rib chiqib, «qaymoqranglilar» yulduzini maydondan chetlatishga qaror qildi. U golni bekor qilish bilangina cheklanmadi.
Endi vinger ikki yoki uchta uchrashuvga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu holatda u «Barselona»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, «Real» apellyasiya beradi, biroq klubda diskvalifikasiya muddati qisqartirilishiga ishonch kam.
Shuningdek, «qaymoqranglilar» himoyachi Ibraima Konatega ko‘rsatilgan sariq kartochka ustidan ham shikoyat qiladi. Agar u yaqinlashib kelayotgan turda «Sevilya»ga qarshi o‘yinda yana sariq kartochka olsa, «El-Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin.













