Londonning "Tottenxem" klubi hujumkor yarim himoyachisi Luka Uilyams-Barnett faoliyatini Germaniya Bundesligasining yetakchi jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Dortmundning "Borussiya" klubi skautlari 18 yoshli futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shuningdek, iste’dodli yarim himoyachining xizmatlariga Angliyaning "Chelsi", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Uilyams-Barnett 2025 yildan buyon "Tottenxem" tizimida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda u London klubining yoshlar jamoasi safida to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, Dortmundning "Borussiya" klubi Germaniya chempionatining dastlabki beshta turida 13 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













