O‘zbekiston Superligasining 23-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, turning eng ko‘p muxlis yig‘gan bahsi "Neftchi" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘tkazilgan mazkur o‘yinni 8 251 nafar tomoshabin kuzatdi.
Ikkinchi o‘rinni "Buxoro" — "Andijon" uchrashuvi egalladi. "Buxoro FA" stadionidagi bahsga 6 891 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Kuchli uchlikni "Nasaf" — "Dinamo" o‘yini yakunladi. Qarshi markaziy stadionidagi bellashuvni 6 530 nafar muxlis bevosita tomosha qildi.
Superliga. 23-tur. Muxlislar tashrifi:
-
"Neftchi" — "Xorazm" — 8 251 nafar
-
"Buxoro" — "Andijon" — 6 891 nafar
-
"Nasaf" — "Dinamo" — 6 530 nafar
-
"Qizilqum" — "Surxon" — 5 217 nafar
-
OKMK — "Navbahor" — 4 011 nafar
-
"Qo‘qon-1912" — "Mash’al" — 2 350 nafar
-
"Paxtakor" — "Bunyodkor" — 2 042 nafar
-
"So‘g‘diyona" — "Lokomotiv" — 930 nafar
Jami: 36 222 nafar muxlis.
Bir o‘yinga o‘rtacha: 4 528 nafar tomoshabin.
Turning eng kam muxlis yig‘gan uchrashuvi "So‘g‘diyona" — "Lokomotiv" bahsi bo‘ldi. Zomin stadionida o‘tkazilgan mazkur o‘yinni 930 nafar tomoshabin kuzatdi.













