«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Liverpul»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Shaharliklar» safardagi bahsda mersisaydliklarni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Sherki uchrashuvning 78-daqiqasida Yoshko Gvardiolning golli uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu fransiyalik futbolchining joriy mavsumdagi beshinchi goli bo‘ldi.
23 yoshli yarim himoyachi ayni paytda barcha musobaqalar doirasida 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.













