Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Elit OCHL. "Paxtakor" so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga "Al-Qodisiya" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirining 2-turi doirasida Toshkentning "Paxtakor" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" jamoasini qabul qildi.

"Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Bahsning dastlabki bo‘limida mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. 35-daqiqada Kristofer Bonsu Baaning uzatmasidan keyin Tijani Reynders to‘pni darvozaga yo‘llab, "Al-Qodisiya"ni oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakunida "Paxtakor" hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. 45-daqiqada Stefan Chinedu raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq ofsayd sabab gol inobatga olinmadi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar muvozanatni tiklash uchun hujumkor harakat qildi. 77-daqiqada bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev birdaniga uchta o‘zgarishga qo‘l urdi. Bashar Rasan, Stefan Chinedu va Flamarion o‘rniga Dostonbek Hamdamov, Ayman Husayn hamda Oybek Bozorov maydonga tushirildi.

Mazkur o‘zgarishlardan biri uchrashuv yakunida o‘z samarasini berdi. 89-daqiqada Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" Elit OCHLdagi ikkinchi o‘yinida ham durang qayd etdi. Toshkentliklar ikki turdan keyin 2 ochko bilan G‘arb mintaqasi turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

"Al-Qodisiya" esa 4 ochko jamg‘arib, vaqtincha peshqadamlikka ko‘tarildi.

Elit OCHL. G‘arb mintaqasi, 2-tur

"Paxtakor" (O‘zbekiston) — "Al-Qodisiya" (Saudiya Arabistoni) — 1:1

Gollar: Tijani Reynders (35), Dostonbek Hamdamov (89, penalti).

"Paxtakor": Vladimir Nazarov, Hojiakbar Alijonov, Zaid Tahsin, Murtazo Puraliganji (Sardor Sobirxo‘jayev, 82), Muhammadrasul Abdumajidov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy (Ibrohim Ibrohimov, 90+3), Bashar Rasan (Dostonbek Hamdamov, 77), Abdurauf Bo‘riyev, Flamarion (Oybek Bozorov, 77), Stefan Chinedu (Ayman Husayn, 77).

"Al-Qodisiya": Koen Kastels, Jihad Tiri, Gaston, Ali Badra Diabate (Yosir Ash-SHahroniy, 69), Yulian Vaygl, Natan Akosta, Musab Al-Juvayr (Muhammad Al-Qahtoniy, 69), Tijani Reynders, Kristofer Bonsu Baa (Sulaymon Sani, 81), Mateo Retegi (Abdulloh As-Salim, 90), Xulian Kinyones.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:50, 12.10.2026.
O'qildi: 1224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик