Chempionlar ligasi doirasida «MYU»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz optimal tarkibni tanlashimiz va o‘yinni oqilona boshlaydigan o‘yinchilarni boshqarishimiz kerak. O‘yin uzoq davom etadi, shuning uchun yaxshi o‘ynash uchun kuchlarimizni oqilona taqsimlashimiz kerak. Himoyada ham, hujumda ham muvozanat har doim bizning kuchli tomonimiz bo‘lib kelgan va jamoa birgalikda ishlaganda, biz juda yaxshi o‘ynaymiz" - dedi Simeone.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.













