Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Bryugge» murabbiyi «Inter»ga qarshi qanday o‘ynashini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Bryugge» bosh murabbiyi Ivan Leko UYEFA Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Xorvatiyalik mutaxassis Milan klubining o‘yin uslubi va taktik tizimiga yuqori baho berib, raqibga qarshi kurashish oson bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Men 3-5-2 taktik sxemasining katta muxlisiman. Bu tizim hujumda ham, himoyada ham samarali harakat qilish imkonini beradi. Umid qilamanki, uchrashuvdan keyin ularga qarshi o‘ynash oson bo‘lganini ayta olaman.

Faoliyatimning deyarli barcha davrida ushbu sxema bilan ishlaganman. «Inter» qo‘llayotgan variant esa men ko‘rgan eng mukammal tizimlardan biri. Ular har hafta juda dinamik futbol namoyish etmoqda. Raqibga qaysi jihatlarda muammo tug‘dirishimiz mumkinligini bilamiz, ammo buni amalga oshirish oson bo‘lmaydi», — dedi Leko.

Shuningdek, «Bryugge» ustozi jamoasi Milandagi uchrashuvda ham o‘z o‘yin falsafasidan voz kechmasligini ta’kidladi.

«Biz jasorat bilan o‘ynaymiz, biroq ayni paytda aql bilan, ayyorlik ishlatib harakat qilishimiz kerak. Gol urishimiz shart, darvozabonimiz esa, ehtimol, bir necha bor mo‘’jiza ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelar.

Shunga qaramay, o‘z o‘yin falsafamizni tubdan o‘zgartirish niyatimiz yo‘q. Biz g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» va «Bryugge» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvi 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:35, 13.10.2026.
O'qildi: 422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик