Mavsumni omadsiz boshlagan «Osasuna» klubi yaxshi tanish mutaxassisga murojaat qilishga qaror qildi. Luis Ramisning iste’fosidan so‘ng klub birinchi jamoa boshqaruvini yana Xagoba Arrasatega ishonib topshirdi va uning bosh murabbiylikka qaytganini rasman tasdiqladi.
Bask mutaxassisi uchun «roxilyos» safidagi bu ikkinchi faoliyat davri hisoblanadi. U bilan tuzilgan shartnoma 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda klub Ispaniya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda Pamplona jamoasi 18 oktyabr, yakshanba kuni Santanderning «Rasing» klubiga qarshi maydonga tushadi.













