«Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoro mavsumni ishonchsiz boshlagan jamoa natijalarini yaxshilay olishiga ishonch bildirdi. Futbolchi Madridning «Atletiko»siga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Men jamoaga ham, o‘zimizga ham ishonaman. Keyingi o‘yinlarda yanada yaxshiroq harakat qilib, oldinga intilishda davom etishimizga ishonchim komil. Bu vaziyat meni unchalik xavotirga solmayapti. Mavsum boshida har qanday jamoada qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Biz ularni yengib o‘tishga va ishlashda davom etishga tayyormiz», — dedi Yoro.
Fransiyalik futbolchi jamoadagi vaziyat ochiq muhokama qilinadigan uchrashuvlarning ahamiyatini ham ta’kidladi.
«Menimcha, bu jamoa uchun juda muhim. Ba’zan bor gapni ochiq aytish kerak. Biz ham shunday qildik va bundan keyin ham davom etamiz. Vaziyatni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishimiz va yanada yaxshilanishimiz kerak».
«Atletiko» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi 13 oktyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.













