Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Papen Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi gaplaridan norozi

Papen Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi gaplaridan norozi

Baho:
+2 | -

Fransiyaning mashhur sobiq hujumchisi Jan-Pyer Papen Kilian Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi bayonotlarini tanqid qildi.

So‘nggi oylarda Madridning «Real» klubi hujumchisi bir necha bor joriy yildagi mukofotga munosib ekanini ta’kidlagan edi.

«Menga Kilian juda yoqadi. U rekordlarni ketma-ket yangilamoqda, ammo bir payt kelib o‘zi haqida haddan tashqari ko‘p gapira boshladi — men, men va yana men. “Oltin to‘p” sohibini boshqa odamlar tanlaydi. Uning omma oldidagi bayonotlarida doim “Mendan boshqa hech kim bu mukofotga munosib emas” degan mazmun sezilib turardi. Menimcha, bu endi haddan oshish», — deya 1991 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan Papenning so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:08, 13.10.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик