«PSJ»ning sobiq futbolchisi Vensan Geren jamoa uchun yarim himoyachi Fabian Ruisning ahamiyatini ta’kidladi.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda parijliklarga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Shuningdek, u o‘z terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi.
Yarim himoyachi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar qatoriga kiritilgan, ammo mukofotning asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanmaydi.
«Ruis har doim to‘pni qabul qilish uchun ochiq turadi. Bu Luis Enrike kabi murabbiy uchun ayniqsa qadrli. Fabian eng ko‘zga tashlanadigan futbolchi emas, u maydonda unchalik sezilmaydi, ammo juda samarali o‘ynaydi. Uning statistikasi aql bovar qilmas darajada», — dedi 1990-yillarda «PSJ»da to‘p surgan Geren L’Équipe nashriga bergan intervyusida.
Chorshanba kuni Luis Enrike boshqarayotgan jamoa Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi.













