FIFA Nyu-York shahridagi Trump Towerda ofis ijarasi uchun to‘rt million dollar sarfladi va bu ulkan maydondan deyarli foydalanmayapti.
Ijaraga olish to‘g‘risidagi qaror shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan qabul qilingan, garchi boshqa rahbarlar uning maqsadga muvofiqligiga shubha qilishgan bo‘lsa-da.
Infantinoning so‘zlariga ko‘ra, narx bozor narxlariga asoslangan va dunyoning yirik shaharlaridan birida FIFA kabi tashkilotning mavjudligi mantiqan to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi The New York Times nashri.
Ofis 17-qavatda joylashgan va 465 kvadrat metr maydonni egallaydi. U faqat vaqti-vaqti bilan yuqori martabali mehmonlar bilan uchrashuvlar uchun ishlatiladi.













