"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritishi haqidagi gaplardan charchaganini aytdi.
"Men "Oltin to‘p" haqida gapirishdan charchadim! Umid qilamanki, biz bu mukofotni qo‘lga kiritamiz. Bizda bunga loyiq o‘yinchilar bor. O‘tgan yili biz eng yaxshi jamoa mukofotini qo‘lga kiritgan edik. Jamoamiz "Oltin to‘p"ga loyiq bo‘lgan yagona odam Usmon Dembele emasligini ko‘rsatdi. Men "Oltin to‘p" haqida gapirishdan charchadim!", - dedi Enrike.
"PSJ"ning 2026 yilgi "Oltin to‘p"ga nomzodlari orasida Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvarasxeliya, Markinyos, Nuno Mendesh, Joau Nevesh, Villiam Pacho, Fabian Ruis, Ferran Torres va Vitinya bor.
2026 yilgi "Oltin to‘p" marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.













