Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

YECHL. «Bryugge» «Inter»ni yettita gol urilgan o‘yinda mag‘lub etdi

YECHL. «Bryugge» «Inter»ni yettita gol urilgan o‘yinda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Belgiyaning «Bryugge» klubi UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida Italiyaning «Inter» jamoasini safarda 4:3 hisobida mag‘lub etdi.

Yettita gol urilgan keskin bahsda mehmonlar hujumchisi Nikolas Tresoldi xet-trik qayd etib, jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. «Bryugge»ning yana bir goliga Romeo Vermanta mualliflik qildi.

Mezbonlar safida Lautaro Martines dublga erishgan bo‘lsa, Anj-Yoan Bonni yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq bu gollar «Inter»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bryugge» 3 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. Ikki turda birorta ham ochko jamg‘ara olmagan «Inter» esa 27-pog‘onadan joy olgan.

Musobaqaning navbatdagi turida «Bryugge» o‘z maydonida Fransiyaning «Lans» klubini qabul qiladi. «Inter» esa Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Har ikki uchrashuv 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi. Umumiy bosqich. 2-tur.

14 oktyabr, 00:00. «Juzeppe Meassa» (Milan)

«Inter» — «Bryugge» — 3:4

Gollar: Tresoldi, 30 — penaltidan (0:1), Lautaro Martines, 44 (1:1), Tresoldi, 63 (1:2), Tresoldi, 74 (1:3), Lautaro Martines, 81 (2:3), Verman, 87 (2:4), Bonni, 90+3 (3:4).

«Inter» tarkibi: Xosep Martines, Akandji, Bastoni, Bissek, Zelinski (Stankovich, 88), Haqon Chalhono‘g‘li (Suchich, 67), Barella (Spens, 78), Dimarko (Bonni, 78), Diuf, Tyuram (Espozito, 67), Lautaro Martines.

«Bryugge» tarkibi: Zommer, Mexele, Spilers (Li Xan Bem, 61), Seys, Sabbe (Sike, 72), Potts, Vetlesen (Lemareshal, 61), Vanaken, Virxili (Verman, 83), Borjesh, Tresoldi (Dyakon, 83).

Sariq kartochkalar: Haqon Chalhono‘g‘li (29), Akandji (39) — Spilers (27), Virxili (70), Li Xan Bem (72), Lemareshal (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:08, 14.10.2026.
O'qildi: 485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик