«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Endrik yanvar oyida Madrid klubini ijara asosida tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Bu haqda unuting! Uning ketishi uchun zarracha ham imkoniyat yo‘q. Men Endrikka ishonaman. Unga qiziqish bildirayotgan klublar uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun men bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. Men Endrikni juda yaxshi ko‘raman. Uning salohiyati juda katta va u jamoamiz uchun nihoyatda muhim.
Endrikka ijara kerak emas. U “Real”da buyuk ishlarga qo‘l uradi va muvaffaqiyatga erishadi. U jarohatidan keyin safga qaytdi va “Vilyarreal”ga qarshi o‘yindayoq zaxiradan maydonga tushishga tayyor edi. Tez orada unga o‘yin amaliyoti uchun imkoniyat beriladi», — dedi Mourinyo.
Joriy mavsumda Endrik «Real» safida atigi 4 daqiqa maydonda harakat qildi. Braziliyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.













