Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasida «Lill»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda jamoa hujumchisi Bukayo Sakaning o‘yiniga baho berdi.
Umumiy bosqichning ikkinchi turi doirasidagi bahs «to‘pchilar»ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Saka ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol urishga va golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.
«U o‘zini unchalik yaxshi his qilmayotgan edi, chunki qandaydir kasallikka chalingandi. Shu sababli u asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor emasdi. Ammo zarurat tug‘ilsa, jamoaga yordam berishni juda istadi. U maydonga tushdi va natijaga katta ta’sir ko‘rsatdi», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda Arsenal Radar nashri.
Saka joriy mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













