Italiyalik murabbiy Antonio Konte «Manchester Yunayted»da ishlash bo‘yicha o‘z pozisiyasini bildirdi. Avvalroq Angliya klubi mutaxassisga hamkorlik qilish taklifi bilan murojaat qilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Konte kelajakda «Manchester Yunayted»ni boshqarishga rozilik bildirgan. Biroq hozircha tomonlar hamkorlik qachon boshlanishini aniqlashmagan. Antonio joriy mavsum davomidayoq yoki kelasi yozda bosh murabbiy lavozimini egallashi mumkin.
Italiyalik mutaxassis Angliya Premyer-ligasidagi yangi chaqiriqlarga tayyor deb hisoblaydi. Shuningdek, u «Manchester Yunayted» bilan hamkorlik qilish istiqboliga ijobiy munosabatda.













