«Roma» hujumchisi Doniell Malen Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.
Niderlandiyalik futbolchi madridliklar darvozasini 51 va 57-daqiqalarda ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Malen joriy mavsumdagi gollari sonini sakkiztaga yetkazdi. E’tiborlisi, hujumchi ushbu natijaga bor-yo‘g‘i sakkizta uchrashuvda erishdi.
O‘tgan mavsumda esa Malen «Roma» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan edi.













