Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Norvegiyaning "Bude-Glimt" jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
Germaniya klubi safarda kechgan uchrashuvda raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Xorvatiyalik mutaxassis shogirdlarining maydondagi harakatlaridan norozi ekanini yashirmadi. Uning ta’kidlashicha, jamoa g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan o‘yinni namoyish eta olmagan.
"Gol o‘tkazib yuborgunimizga qadar xuddi maydonda yo‘qdek edik. Birinchi bo‘limda jamoamizga tajovuzkorlik va kurashuvchanlik juda yetishmadi.
"Borussiya" g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan futbolni namoyish etmadi. Biz haqli ravishda mag‘lubiyatga uchradik.
Bu natija uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman", — deya Kovachning so‘zlarini keltiradi Sky Sport.
"Borussiya" Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni o‘tkazadi.
Dortmundliklar musobaqaning 3-turida safarda Ozarbayjonning "Sabah" klubiga qarshi maydonga tushadi.













