Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

"Liverpul" ishtirokidagi o‘yin tarixga kirdi — bunday natija qariyb 43 yildan buyon kuzatilmagan

"Liverpul" ishtirokidagi o‘yin tarixga kirdi — bunday natija qariyb 43 yildan buyon kuzatilmagan

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Liverpul" Avstriyaning LASK klubini safarda 6:3 hisobida mag‘lub etdi. To‘qqizta gol urilgan mazkur uchrashuv tarixiy natijalari bilan e’tiborga tushdi.

MisterChip statistik sahifasining ma’lum qilishicha, LASK va "Liverpul" o‘rtasidagi bahs musobaqa tarixida 6:3 hisobi qayd etilgan ikkinchi uchrashuv bo‘ldi.

Bunday natija ilk bor 1983 yilda kuzatilgan. O‘shanda Vengriyaning "Dyor" klubi Minskning "Dinamo" jamoasiga 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Shu tariqa, Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasida qariyb 43 yil avvalgi natija takrorlandi.

Bundan tashqari, mazkur bahsda yana bir tarixiy holat qayd etildi. Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bir jamoa futbolchisi xet-trik qayd etgan, raqib jamoa o‘yinchisi esa uchta golli uzatmani amalga oshirgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki tur natijalariga ko‘ra, "Liverpul" 6 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Hozircha birorta ham ochko to‘play olmagan LASK esa 33-pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 11:39, 15.10.2026.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик