Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Manchester Yunayted» futbolchilari ikki guruhga bo‘linib ketdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martinesning klub rahbariyatiga nisbatan bildirgan keskin tanqidlari jamoa ichida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani xabar qilinmoqda.

Argentinalik futbolchi yaqinda Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng «Manchester Yunayted» rahbariyatini qattiq tanqid qilgan edi.

28 yoshli himoyachi jamoaning hozirgi tarkibi yetarlicha kuchli emasligini ochiq aytgan. Uning fikricha, klub rahbariyati yozgi transferlar davrida samarali ish olib bormagan va bu mavsumning dastlabki oylaridagi muvaffaqiyatsiz natijalarga sabab bo‘lgan.

Jurnalist Samuel Lakxyorstning ma’lum qilishicha, Martinesning ushbu bayonoti «Manchester Yunayted» kiyinish xonasida qarama-qarshi munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Jamoadoshlarining bir qismi argentinalik futbolchining ochiq va samimiy fikr bildirganini ijobiy baholagan. Boshqa futbolchilar esa uning klub rahbariyatini omma oldida tanqid qilganidan norozi bo‘lgan.

Shu tariqa, Martinesning keskin bayonoti jamoa a’zolari o‘rtasida turli qarashlar paydo bo‘lishiga olib kelgani aytilmoqda.

Chorshanba kuni Lisandro Martines maxsus bayonot bilan chiqib, klub rahbariyati haqidagi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan so‘zlariga izoh berdi.

Kiritildi: 12:38, 15.10.2026.
O'qildi: 2846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик