Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Fermin Lopes: «Psixolog bilan ko‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jarohatlar sabab hayotida murakkab davrni boshdan kechirganini va ruhiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun psixolog yordamiga murojaat qilganini ma’lum qildi.

Ispaniyalik futbolchining ta’kidlashicha, so‘nggi oylardagi qiyinchiliklar uni hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undagan.

«So‘nggi bir necha oy men uchun juda og‘ir kechdi. Shu sababli psixolog bilan ko‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi.

Bu menga kundalik hayotdagi oddiy narsalarning qadriga ko‘proq yetishni o‘rgatdi. Shuningdek, oilam bilan munosabatlarimni yanada mustahkamlashga yordam berdi», — deya Lopesning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.

Qayd etish joiz, Fermin Lopes joriy mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Barselona» navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida safarda «Betis»ga qarshi o‘tkazadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:32, 15.10.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик