Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Flik «Barselona» rahbariyatidan APLdagi iqtidorli hujumchini sotib olishni so‘radi

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Germaniyalik mutaxassis markaziy hujumchi pozisiyasi uchun yangi nomzodni belgilab olgani xabar qilinmoqda.

Flik seshanba kuni «Galatasaroy» safida harakat qilayotgan Viktor Osimxenning o‘yinini diqqat bilan kuzatgan. Biroq murabbiy nigeriyalik futbolchi «Barselona»ning hozirgi tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olmaydi, degan xulosaga kelgan.

Kataloniyaliklar kelajakda jamoa yetakchisiga aylanishi mumkin bo‘lgan hujumchi izlamoqda. Shu paytgacha klub bilan Xulian Alvares va Erling Xoland kabi yulduzlarning nomlari bog‘lab kelinayotgan edi.

Biroq El Nacional nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Flik e’tiborini boshqa futbolchiga qaratgan.

Germaniyalik murabbiy Rafinyaning markaziy hujumchi pozisiyasida muvaffaqiyatli harakat qilayotgani, shuningdek, tarkibda Gabriel Jezus va Hamza Abdulkarim borligini inobatga olib, yangi forvard uchun haddan tashqari katta mablag‘ sarflashni maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti.

«Alvares va Xoland haqida ko‘p gapirilmoqda. Ular asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Biroq germaniyalik murabbiy Joan Laporta va Dekuga boshqacha uslubdagi futbolchiga e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda.

Flik yosh, istiqbolli va yuqori saviyada o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan hujumchini jamoaga taklif etish tarafdori. Shu nuqtai nazardan, uning e’tiborini Eli Junior Krupi tortgan», — deb yozadi Ispaniya nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Flik Angliyaning «Bornmut» klubida o‘ynayotgan 20 yoshli Eli Junior Krupining salohiyatini yuqori baholamoqda.

Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi hisoblangan hujumchining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholangan.

Hozircha «Barselona»ning Krupi transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarga kirishgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 13:45, 15.10.2026.
O'qildi: 4004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик