35 yoshli futbolchi uchrashuv davomida gol urish uchun to‘qqizta qulay imkoniyat yaratdi. Bu 2026 yilda Angliya Premyer-ligasi vakillari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Gross joriy mavsumda yaratilgan golli vaziyatlar sonini 40 taga yetkazgan Yevropa top-5 chempionatlari futbolchilari orasidagi ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. Undan oldin bu natijaga «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal erishgan.
Yakshanba kuni «Brayton» Angliya chempionati doirasida «Kristal Pelas»ni o‘z maydonida qabul qiladi.













