Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgan jamoadoshi Vinisius Juniorning to‘rtta uchrashuvga diskvalifikasiya qilinishiga munosabat bildirdi.
Urugvaylik futbolchi braziliyalik hujumchiga nisbatan qo‘llanilgan jazoni haddan tashqari qattiq deb hisoblamoqda.
"Vinisius to‘rtta o‘yinga chetlatilishga loyiq emas. U bu harakatni ataylab sodir etmadi", — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius "Vilyarreal" futbolchilaridan birining sochidan tortgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Diskvalifikasiya tufayli braziliyalik yulduz "Barselona"ga qarshi o‘tadigan muhim uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi.
Vinisius joriy mavsumda Ispaniya La Ligasining sakkizta bahsida ishtirok etib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













