Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Saudiya Arabistonining to‘rtta yetakchi klubi 1 milliard yevrodan ortiq zarar ko‘rdi

Baho:
+ | -

Shveysariyada joylashgan CIES Football Observatory sport tadqiqotlari markazi Saudiya Arabistonining to‘rtta yetakchi klubi faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Dunyo futbolidagi statistik ko‘rsatkichlar, transfer bozori, futbolchilarning qiymati va samaradorligini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilgi yozgi transferlar oynasidan buyon Saudiya Arabistonining to‘rtta yirik klubi jami 1,04 milliard yevro miqdorida moliyaviy yo‘qotishga uchragan.

"Al-Hilol" — eng katta yo‘qotishga uchragan klub

Ushbu reytingda "Al-Hilol" birinchi o‘rinni egalladi. Saudiya klubining umumiy moliyaviy yo‘qotishlari 502 million yevroga yetgan.

Shundan 315 million yevro futbolchilarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar va ularni sotishdan tushgan daromadlar o‘rtasidagi salbiy farq hisobiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 187 million yevro esa jamoaning amaldagi tarkibidagi futbolchilar bozor qiymatining pasayishi bilan bog‘liq.

Saudiyaning to‘rtta klubi kuchli oltilikda

E’tiborlisi, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining to‘rtta yetakchi klubi moliyaviy yo‘qotishlar bo‘yicha jahon reytingidagi dastlabki oltita o‘rindan to‘rttasini egallagan.

Xususan, Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "Al-Nasr" 229 million yevrolik salbiy ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

"Al-Ittihod" 175 million yevro yo‘qotish bilan beshinchi, "Al-Ahli" esa 134 million yevrolik salbiy ko‘rsatkich bilan oltinchi o‘rinni egallagan.

Angliyaning ikki klubi ham reytingdan o‘rin oldi

Moliyaviy yo‘qotishlar bo‘yicha kuchli oltilikka Angliya Premyer-ligasining ikki vakili ham kirgan.

"Manchester Yunayted" 405 million yevro miqdoridagi yo‘qotish bilan reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Tottenxem" 188 million yevrolik salbiy ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Shu tariqa, CIES tadqiqotiga ko‘ra, 2022 yil yozidan buyon transfer faoliyati va futbolchilar bozor qiymatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq eng katta moliyaviy yo‘qotishlar Saudiya Arabistoni hamda Angliyaning yetakchi klublarida qayd etilgan.

Kiritildi: 10:36, 16.10.2026.
O'qildi: 2300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик