Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 15:00 Tejon Hana Citizen 0-1 Vissel Kobe
27/10 15:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Port
27/10 15:00 Kyoto Sanga 5-2 Nyukasl Jets
27/10 15:00 Shangxay Port 2-3 Kongan Hanoi
27/10 17:15 Beyjing Guoan 2-2 Chonbuk Motors
27/10 17:15 Ratchaburi 0-0 Kashiva Reysol
27/10 21:00 Shabab al-Ahli 2-0 Istiqlol
27/10 21:00 As-Siyb - Ist Bengal
27/10 22:30 Sassuolo 2-6 Lasio
27/10 23:15 Ash-Shamol 3-1 Al-Hilol
27/10 23:15 Ash-Shorta - Al-Hussayn
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka - Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers - Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib - Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel - Seul
28/10 18:45 Nasaf - Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar - Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa - Yuventus
29/10 00:45 Monsa - Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche

"Yuragimni sindirishdi" — Errera "Manchester Yunayted"dan ketish sababini oshkor qildi

"Yuragimni sindirishdi" — Errera "Manchester Yunayted"dan ketish sababini oshkor qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Ander Errera Angliya klubini tark etishiga sabab bo‘lgan voqealarni esladi.

Ispaniyalik futbolchining aytishicha, u mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilganidan so‘ng klub rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazishni kutgan. Biroq buning o‘rniga unga amaldagi kelishuv avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirilgani haqida xat yuborilgan.

"Klubning o‘zi men bilan bog‘lanishini kutgandim. Agentimga: "Ular qanday shartlar taklif qilishidan qat’i nazar, men rozi bo‘laman. Shartnomani imzolayman, chunki "Manchester Yunayted"da qolishni xohlayman. Bu yerda o‘zimni juda baxtli his qilyapman", — degandim", — deya Errera Rio Ferdinand Presents podkastida so‘zlab berdi.

Biroq klub rahbariyatining munosabati futbolchining hafsalasini pir qilgan.

"Ular hatto qo‘ng‘iroq qilib: "Ander, biz sening jamoada qolishingni xohlaymiz", — deb ham aytishmadi. Buning o‘rniga oddiygina xat yuborishdi.

Xatni olganimda: "Bo‘ldi, menga shunisi yetarli", — deb o‘yladim. O‘sha paytda yuragim allaqachon biroz singan edi", — dedi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ander Errera "Manchester Yunayted" safida besh yil faoliyat yuritib, jamoa bilan to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Angliya kubogi ham bor.

2019 yil yozida ispaniyalik yarim himoyachi erkin agent maqomida "Manchester Yunayted"ni tark etib, Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tgan edi.

Kiritildi: 10:45, 16.10.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик