Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Van Gal "Manchester Yunayted"dan ishdan bo‘shatilishida "Manchester Siti"ni aybladi

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik taniqli murabbiy Lui van Gal "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidalarni buzgani uning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

"2016 yilda Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmaganimiz, ehtimol, meni "Manchester Yunayted"dan ishdan bo‘shatish haqidagi qarorda hal qiluvchi omil bo‘lgan. Bu qaror keyinchalik ko‘plab salbiy oqibatlar va qiyinchiliklarga sabab bo‘ldi.

Endi tarixni qayta yoza olmayman. Hatto Angliya futbol assosiasiyasi ham buni o‘zgartira olmaydi", — deya van Galning The Touchline nashriga bergan fikrlarini keltiradi "Gazeta.Ru".

Eslatib o‘tamiz, Lui van Gal 2014–2016 yillarda "Manchester Yunayted"ni boshqargan. Niderlandiyalik mutaxassis "qizil iblislar" bilan Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.

2015/2016 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasida beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.

O‘sha mavsumda "Manchester Siti" ham "MYU" bilan bir xil ochko to‘plagan, ammo to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani sababli to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘l olgan.

Avvalroq mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar davomida ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan deb topgani xabar qilingan edi. Biroq Manchester klubi bu qarorga qo‘shilmagan va apellyasiya shikoyati kiritgan.

Kiritildi: 10:49, 16.10.2026.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик