«Liverpul» va «Aston Villa»ning sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard Chempionshipda ishtirok etayotgan klubning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, afsonaviy sobiq futbolchi «Reksxem» klubidan taklif olsa, jamoani boshqarishga tayyor. Ayni paytda klub omadsiz davrni boshdan kechirmoqda, shu bois bosh murabbiy Fil Parkinsonning iste’foga chiqarilishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Biroq Jerrard yagona nomzod emas. «Reksxem» ro‘yxatida «Fulxem»ning sobiq bosh murabbiyi Skott Parker ham bor.
Chempionshipning 10 turidan keyin «Reksxem» 11 ochko bilan turnir jadvalining 17-o‘rnini egallab turibdi.













