«Liverpul» himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Urugvaylik futbolchi Angliya grandida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi esa «Barselona»ga tegishli.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, Arauxoni ijaraga berish shartnomasida uni 55 million yevro evaziga sotib olish bandi mavjud. Ta’kidlanishicha, transfer futbolchining o‘zi qabul qiladigan qarorga bog‘liq bo‘ladi.
Arauxo uchun ustuvor maqsad — «Barselona»ga qaytish. U «Liverpul»dagi ijarani kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka o‘z imkoniyatlarini isbotlash uchun berilgan imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, himoyachi ijara muddati tugagach, kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin murabbiy bilan suhbatlashmoqchi.
Arauxo «Liverpul» safida barcha musobaqalarni hisobga olganda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













