«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida Joze Mourinyoning gaplari haqidagi savolga javob berdi.
— Mourinyo La Ligada dam olish uchun yetarlicha e’tibor berilmayotganini taxmin qildi. U haqmi?
— Biz bunday vaziyatlarga avval ham duch kelganmiz. Boshqa mamlakatlarda vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin, ammo bu yerdagi haqiqat shunday. Masalan, Valensiyada kubok uchrashuvini o‘tkazganimizda, samolyot reysimiz bekor qilindi va Barselonaga avtobusda qaytishga majbur bo‘ldik. Oradan ko‘p o‘tmay yana bir o‘yinimiz bor edi, shunga qaramay, yaxshi natija ko‘rsatdik.
Biz bunday sharoitlarni o‘zgartira olmaymiz, ammo maydonda natija ko‘rsatishimiz shart. Bu — o‘zimiz ta’sir o‘tkaza oladigan narsa. Hamma diqqatini jamlagan va o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Bizda yanada o‘sish uchun imkoniyat bor va faqat yaxshiroq bo‘lib boraveramiz.
17 oktyabr, shanba kuni «Barselona» safarda «Betis»ga qarshi o‘ynaydi.













