Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Vinisius: “Himoyachilar menga qarshi qoida buzadi, ammo kartochkani men olaman”

Baho:
+ | -

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior hakamlarning o‘ziga nisbatan munosabatidan norozi ekanini bildirdi. Braziliyalik futbolchi bu haqda Chempionlar Ligasi doirasida “Roma”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin gapirgan.

“Boshqa biror futbolchi to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilinganini eslay olmayman. Oldimdagi futbolchini surib tashlamoqchi bo‘ldim, ammo uning sochidan tortib yubordim. Natijada qizil kartochka oldim. Shu sababli bu qarordan hayratdaman. Hakamga to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishimga sabab bo‘ladigan birorta ham haqoratli so‘z aytmadim. Ammo gap Vini haqida ketganda, bunday qaror chiqarish juda oson. Raqib jamoa bu jazoni oqlaydi, matbuot ham shunday fikrda. Buni tushunaman. Men esa o‘z ustimda ishlashda va rivojlanishda davom etaman. Qayerdan kelganimni va nimalarga qodir ekanimni yaxshi bilaman”, dedi Vinisius.

Braziliyalik futbolchi hakamlarning unga qarshi qoida buzilishlariga munosabatidan ham norozi ekanini yashirmadi.

“Raqib muxlislarining meni masxara qilishi tabiiy. Axir mening vazifam ularning jamoasiga gol urish. Ammo hakamlarning munosabatini tushunmayman. Statistikaga ko‘ra, faoliyatim davomida menga qarshi 500 marta qoida buzilgan, biroq buning uchun raqiblar atigi besh marta qizil kartochka olgan. Oxir-oqibat esa sariq kartochkalar doim Vini va boshqa hujumchilarga ko‘rsatiladi. Biz futbolga o‘zgacha jihatlar olib kiradigan o‘yinchilarni himoya qilishimiz kerak. Masalan, ‘Barselona’dan Lamin Yamal yoki ‘Atletiko‘dan Xulian Alvaresni. Himoyachilar butun o‘yin davomida menga qarshi qoida buzishi mumkin, ammo yakunda kartochkani men olaman”, deya qo‘shimcha qildi hujumchi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius joriy mavsum klub va terma jamoa safida jami ikki marta gol urdi. U “Real” safida Ispaniya chempionatining ikkinchi turida, Braziliya terma jamoasi safida esa sentyabr oyida Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Hujumchi diskvalifikasiya sababli “Sevilya”ga qarshi uy uchrashuvi va “Barselona”ga qarshi “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, u “Rasing” hamda “Valensiya”ga qarshi safar o‘yinlarida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:16, 16.10.2026.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик