Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Superliga. Farg‘ona derbisida “Neftchi” bir kishi kam bo‘lib g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 24-turida Farg‘ona derbisi bo‘lib o‘tdi. Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida kechgan bahsda “Neftchi” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba orqali farg‘onaliklar turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanishdi.

Uchrashuvni faol boshlagan “Neftchi” bir qator xavfli hujumlar tashkil etdi. Biroq hisobni ochish mezbonlarga nasib qildi. 11-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan “Qo‘qon-1912” futbolchilari jarima maydonchasiga uzatma berishdi va Toma Tabatadze bosh bilan aniq zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin “Neftchi” tezda tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 14-daqiqada Zoran Marushich kuchli va aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi — 1:1. Qolgan daqiqalarda mehmonlar bosimni kuchaytirishdi, ammo birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan “Neftchi” yana hujumga o‘tdi. 48-daqiqada burchak zarbasidan keyin Nurmuhammad Abdug‘aniyev yaqin masofadan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi — 1:2. Biroq qo‘qonliklar oradan ikki daqiqa o‘tib javob qaytarishdi. Shahzod Akramovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi hisobni yana tenglashtirdi — 2:2.

57-daqiqada Asilbek Jumayevning zarbasidan qaytgan to‘pni Zoran Marushich darvozaga joylab, dubl qayd etdi va “Neftchi”ni yana oldinga olib chiqdi — 2:3.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Nurmuhammad Abdug‘aniyev raqib hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi. Shunga qaramay, bir kishi kam bo‘lib qolgan farg‘onaliklar hujumkor o‘yinni davom ettirishdi.

86-daqiqada Koffi Kuoau o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va uchrashuvdagi so‘nggi golni kiritdi — 2:4.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, “Neftchi” safarda muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, Farg‘ona viloyati derbisida ustun keldi.

O‘zbekiston Superligasi. 24-tur
16 oktyabr, 2026 yil · 19:00
“Qo‘qon-1912” - “Neftchi” - 2:4
Gollar: 11' — Toma Tabatadze (1:0), 14' — Zoran Marushich (1:1), 48' — Nurmuhammad Abdug‘aniyev (1:2), 50' — Shahzod Akramov (2:2), 57' — Zoran Marushich (2:3), 86' — Koffi Kuoau (2:4)
Chetlatish: Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 61' — “Neftchi”

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:39, 16.10.2026.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик