«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellingem Madrid klubidagi roli haqida fikr bildirdi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi uchrashuv (4:3) angliyalik futbolchi uchun «Qirollik klubi» safidagi 150-o‘yin bo‘ldi.
«Men juda baxtliman va faxrlanaman. Bu klubda o‘ynash har doim ulkan zavq bag‘ishlaydi va umid qilamanki, bu holat yana uzoq yillar davom etadi. «Real» men uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki u dunyodagi eng buyuk klubdir. Bu yerda to‘p surish va 150 ta o‘yinlik marraga yetish men uchun katta sharaf.
Yoshim 23 da, ammo meni allaqachon qariya deb atashmoqda... Jamoadagi o‘z rolim menga yoqadi. Umid qilamanki, biz rivojlanishda davom etamiz va sovrinlarni qo‘lga kiritamiz. Ba’zi o‘yinlar biz uchun oson kechmayapti, ammo ularning deyarli barchasida g‘alaba qozondik. Ishlashda davom etishimiz va yanada yaxshiroq bo‘lishimiz kerak», — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi «Real» klubining rasmiy sayti.













