«Santos» hujumchisi Neymar «Barselona» vingeri Lamin Yamalni hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda Sofascore nashrining postiga munosabat bildirdi. Unda Yamalning 2026/27 yilgi mavsum boshidagi ko‘rsatkichlari Neymarning 2017/18 yilgi mavsumda, «PSJ» safida o‘ynagan paytidagi natijalari bilan taqqoslangan.
Sofascore ma’lumotlariga ko‘ra, Yamalning mavsumdagi dastlabki 10 ta uchrashuv uchun o‘rtacha bahosi 8,61 ballni tashkil etgan.
«Lamin Yamal — dunyoning eng yaxshi futbolchisi», — deb yozdi Neymar ushbu post ostida.
Qayd etish joiz, Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













