Natijada avval «Lill» va «Lion» klublarida ishlagan Bruno Jenezio «Marsel»ning so‘nggi 60 yildan ortiq vaqt ichida mavsumdagi dastlabki sakkizta o‘yinning oltitasida mag‘lub bo‘lgan ilk bosh murabbiyiga aylandi. Bunday holat oxirgi marta 1964/1965 yilgi mavsumda Mario Zatelli boshqaruvi davrida kuzatilgan edi.
Bundan tashqari, mavsumni bunday omadsiz boshlash holati 1979/1980 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Fransiya klubi oliy divizionni tark etgan edi.













