Biroq 2022 yildan beri maydonga tushmagan hujumkor yarim himoyachining jismoniy holatini tiklashga qaratilgan reja mavjud bo‘lsa-da, oxir-oqibat bu transferdan voz kechildi. Pyuel bu qaror sababini tushuntirdi.
«Avvalo, uning jismoniy holatini baholash kerak edi. Axir u uzoq vaqtdan beri o‘ynamagan. Biz esa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashayotgan edik. Shu bois jamoa diqqatini chalg‘itadigan yoki jismoniy, yoxud ruhiy holat bilan bog‘liq pasayishlarga olib keladigan omillarga yo‘l qo‘ya olmasdik.
Shuning uchun uni tarkibga qo‘shib olish xavfi juda katta edi va bu, ayniqsa, transferdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta umidlarni hisobga olganda, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.













