Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokereshning kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, bu futbolchining faoliyatida yoki joriy mavsum davomida yuzaga keladigan muayyan bosqich, xolos. Biz unga qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlar bilan yordam berishga harakat qilyapmiz», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Eduardo Agn.
28 yoshli Dyokeresh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha na gol urishga, na golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shvesiyalik futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
18 oktyabr kuni «to‘pchilar» Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida safarda «Nottingem Forest»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













