BBC jurnalistlari Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi zaxira futbolchilari reytingini tuzishdi. Reytingning birinchi pog‘onasidan Londonning «Tottenxem» klubi sobiq hujumchisi Jermeyn Defo joy oldi.
Ikkinchi o‘rinni «Arsenal»dagi o‘yinlari orqali tanilgan nigeriyalik Nvankvo Kanu egalladi. Kuchli uchlikdan esa «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ule Gunnar Sulsher o‘rin oldi.
To‘rtinchi pog‘onaga «Manchester Siti» safida to‘p surgan bosniyalik hujumchi Edin Jeko joylashdi. Beshinchi o‘rinni esa «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» klublarida o‘ynagan meksikalik hujumchi Xavyer Ernandes band etdi.
Reytingni tuzishda zaxiradan maydonga tushganidan keyin urilgan gollar, shuningdek, ushbu gollar va golli uzatmalarning futbolchining umumiy natijalaridagi ulushi hisobga olingan.













