Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler haqida fikr bildirdi.
«Gyuler ko‘p mehnat qiladi. Menimcha, sizlar uning mashaqqatli mehnatini munosib baholashda ancha qiynalasizlar. Arda juda iqtidorli futbolchi va baxtimizga, u hali o‘zining eng yuqori darajasiga yetgani yo‘q. U turli pozisiyalarda o‘ynash imkonini beruvchi sifatlarga ega. Men undan juda mamnunman», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
21 yoshli Gyuler joriy mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Gyulerning transfer qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.













