«Liverpul» «Aston Villa» yarim himoyachisi Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda va uni Aleksis Mak Allisterning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
«Real» Mak Allisterni kuzatishda davom etmoqda va 2027 yilning yozida uni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Argentinalik futbolchi avvalroq «Liverpul»dan yangi shartnoma bo‘yicha taklif kelmaganidan xafa ekanini aytgan edi. Shuningdek, mersisaydliklar yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
Manzambi 2026 yilning yozida «Frayburg»dan «Aston Villa»ga o‘tgan. Bonuslarni hisobga olganda, transfer qiymati 68 million yevroni tashkil etgan. Joriy mavsumda 20 yoshli shveysariyalik futbolchi barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.













