«RB Leypsig»ning norvegiyalik vingeri Antonio Nusa Angliya Premyer-ligasining uchta klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchini «Arsenal», «Aston Villa» va «Nyukasl» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Qayd etilishicha, «Nyukasl» transfer uchun kurashda raqiblaridan ortda qolmoqda. Nusaning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.
Antonio Nusa Norvegiya terma jamoasi safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda vinger 9 ta gol urgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.













