Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

«Barselona»dan 5 ta gol o‘tkazgan «Betis» futbolchisi muxlislarga murojaat qildi

«Barselona»dan 5 ta gol o‘tkazgan «Betis» futbolchisi muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Betis» futbolchisi Fran Garsiya Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv natijasi haqida fikr bildirdi. Mazkur bahs kataloniyaliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Hafsalamiz pir bo‘ldi, g‘azab va alamdamiz... Bularning barchasiga uchrashuv qanday yakunlangani sabab bo‘ldi. Endi oldinga qarab harakat qilishimiz kerak. Uch kundan keyin bizni muhim o‘yin kutmoqda. Yana o‘z muxlislarimiz qarshisida maydonga tushamiz va qisqa vaqt ichida o‘zimizni o‘nglab olishimiz lozim», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

«Biz «Barselona» to‘p bilan ham, to‘psiz ham raqibga kuchli bosim o‘tkazishini yaxshi bilamiz. Shuning uchun bir-birimizga yordam berib, ixcham harakat qilishimiz va jamoa chiziqlari o‘rtasidagi masofani saqlashimiz kerak edi. Bu orqali maydonning muhim hududlarida son jihatidan ustunlikka erishish yoki hech bo‘lmaganda kuchlar muvozanatini ta’minlash mumkin edi.

Hatto bir futbolchimiz maydondan chetlatilganidan keyin ham jamoamiz o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va kurashishda davom etdi.

Muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning qo‘llab-quvvatlashi tufayli o‘z maydonimizda yanada kuchliroq bo‘lishimiz kerak», — dedi futbolchi.

Ayni paytda «Betis» Ispaniya La Ligasida 19 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 21 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Niderlandiyaning «Feyenoord» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:54, 18.10.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик