Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Superliga 24-turi: stadionlarga qancha muxlis tashrif buyurdi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 24-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni ma’lum qilindi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, tur doirasidagi 8 ta uchrashuvni stadionlardan jami 45 538 nafar muxlis tomosha qilgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich «Navbahor» — «Paxtakor» bahsida qayd etildi. Namangan markaziy stadionida o‘tkazilgan uchrashuvga 22 751 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu turdagi barcha o‘yinlarga kelgan muxlislarning qariyb yarmini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni «Qo‘qon-1912» — «Neftchi» uchrashuvi egalladi. Qo‘qon markaziy stadionidagi bahsni 6 901 nafar muxlis kuzatgan.

Kuchli uchlikdan «Andijon» — «Qizilqum» o‘yini ham joy oldi. «Bobur Arena»da o‘tkazilgan mazkur bahsga 5 679 nafar muxlis kelgan.

24-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni:

  • «Navbahor» — «Paxtakor»: 22 751 nafar;

  • «Qo‘qon-1912» — «Neftchi»: 6 901 nafar;

  • «Andijon» — «Qizilqum»: 5 679 nafar;

  • «Lokomotiv» — «Nasaf»: 3 650 nafar;

  • «Dinamo» — «Buxoro»: 3 221 nafar;

  • «Bunyodkor» — «So‘g‘diyona»: 2 553 nafar;

  • «Mash’al» — OKMK: 436 nafar;

  • «Surxon» — «Xorazm»: 347 nafar.

Shu tariqa, 24-turdagi bitta uchrashuvga o‘rtacha 5 692 nafar muxlis tashrif buyurgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:06, 18.10.2026.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик