Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning ikkinchi darvozaboni Andrey Lunin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Real» tarkibida maydonga tushishga munosib futbolchilar ko‘p. Bizda asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq 15-16 nafar futbolchi bor.
Lunin ham maydonga tushishga munosib va men hazillashayotganim yo‘q. U har kuni dunyoning eng yaxshi darvozaboni bilan birga mashg‘ulotlarda juda qattiq mehnat qiladi. Shu bilan birga, doimo ijobiy kayfiyatni saqlab qoladi, ammo o‘ynash uchun imkoniyat olmayapti.
Men esa ularning ikkalasini bir vaqtning o‘zida maydonga tushira olmayman», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Joriy mavsumda «Real»ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 12 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Belgiyalik posbon ikkita o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Andrey Lunin esa 2026/2027 yilgi mavsumda hozircha birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.













