«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida «Brentford»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Mazkur bahs mersisaydliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shuningdek, 23 yoshli germaniyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasida so‘nggi besh yil ichida bir uchrashuv davomida ochiq o‘yindan 9 ta golli vaziyat yaratgan ilk futbolchiga aylandi.
Bunga qadar bunday natija 2021 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda «Liverpul»ning senegallik qanot hujumchisi Sadio Mane «Byornli»ga qarshi uchrashuvda ochiq o‘yindan 9 ta golli vaziyat yaratishga muvaffaq bo‘lgan.













