«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya La Ligasi doirasida «Betis»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Mazkur bahs kataloniyaliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
19 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 10 ta golli uzatmaga erishgan Yevropaning top-5 chempionati vakillari orasida birinchi bo‘ldi.
Shuningdek, Yamal Yevropaning yetakchi beshta chempionatida to‘p surayotgan futbolchilar o‘rtasida «gol+pas» tizimi bo‘yicha ham peshqadamlik qilmoqda.
Ispaniyalik iqtidorli futbolchi joriy mavsumda 9 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shu tariqa, u «gol+pas» tizimi bo‘yicha jami 19 ochko to‘plagan.













