Jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Mateus Nunes kataloniyalik «Barselona» klubining transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «ko‘k-anorranglilar»dan tashqari Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Nunes joriy mavsumda Angliya chempionatida beshta uchrashuv o‘tkazdi.
28 yoshli qanot himoyachisi 2023 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Mateusning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt portali ekspertlari portugaliyalik futbolchining qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.













