Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Totti: «Skudetto yoki Jahon kubogi? O‘g‘limning tug‘ilishi!»

Baho:
+ | -

«Roma» klubi afsonasi Franchesko Totti futbolchilik faoliyati davomidagi eng baxtli kuni haqida berilgan savolga javob berdi.

— Hayotingizdagi eng baxtli kun qaysi? Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan kuningizmi yoki jahon chempioni bo‘lgan paytingizmi?

— Yo‘q. Bu Kristian tug‘ilgan kun edi. O‘sha paytda men Messinada o‘yinda edim. Tug‘uruqxonaga yetib borgunimcha, u allaqachon dunyoga kelgandi.

O‘g‘limni qo‘limga olganimda, «baxt» degan so‘z aslida nimani anglatishini tushunib yetdim, — dedi Totti Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, Franchesko Tottining o‘g‘li Kristian ham otasining izidan borib, futbolchi bo‘lishga harakat qilgan. Biroq u 19 yoshidayoq professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Aftidan, Tottining o‘g‘li futbolda o‘z o‘rnini topa olmagan. Ayni paytda Kristian 20 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, Franchesko Totti 2001 yilda «Roma» bilan Italiya chempioni bo‘lgan. 2006 yilda esa Italiya terma jamoasi safida Jahon kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 17:29, 18.10.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик