Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Van Deyk «Barselona»ga o‘tishi mumkin — kataloniyaliklarning rejasi ma’lum

Baho:
+ | -

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Toskills Sports UK nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar 2027 yil yozida van Deykni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Biroq bu transfer futbolchining «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolash-imzolamasligiga bog‘liq. Agar niderlandiyalik himoyachi mersisaydliklar bilan kelishuvini uzaytirmasa, «Barselona» uni transfer tovonisiz o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Joriy mavsumda Virjil van Deyk «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, Virjil van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 18:15, 18.10.2026.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик